Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘tayotgan EXPO 2017 ko‘rgazmasining O‘zbekiston pavilyonida quyosh batareyasida ishlovchi biomobil taqdim etildi. Uning bir quvvatlantirilishi 700 kilometr masofa bosib o‘tishga yetadi, deb xabar beradi 1News.
Pavilyonning birinchi qavatida ko‘rgazmaning asosiy mavzusi — “Kelajak energiyasi”ga bag‘ishlangan texnologiyalar namoyish etilmoqda, ikkinchi qavatda esa O‘zbekistonning yengil sanoat, samolyotsozlik sohasidagi yutuqlari taqdim qilinmoqda.
O‘zbekistonning EXPO 2017 dagi ishtiroki bo‘yicha kelishuv Toshkentda 13-fevral kuni ko‘rgazma komissari Rapil Joshibayev va “O‘zekspomarkaz” boshqaruvi raisi Ibrohim Ergashev tomonidan imzolangan edi.
Izoh (0)