Yangi iMac va iMac Pro
Yangi qurilmalar paradini Apple iMac monobloklarining yangilangan lineykasi bilan boshladi. U Intel protsessorlarining so‘nggi avlodiga, shuningdek, hajmi 1 terabaytgacha bo‘lgan yangi SSD-disklarga ega bo‘ldi. Tezkor xotiraning maksimal hajmi 64 gigabaytgacha kengaytirildi.
Yangi iMac’larning Amerikadagi narxlari quyidagicha:
New prices. Apple will now have a 4K iMac for $1299. #WWDC https://t.co/fKr7G3anqF pic.twitter.com/oz9Qdb0rJG
— Recode (@Recode) June 5, 2017
Bundan tashqari, Apple to‘liq qop-qora iMac Pro monoblokini taqdim etdi, u Mac Pro kompyuteri o‘rnini egalladi. Taqdim etilgan yangi qurilmalarning barchasi 2017-yil oxirigacha sotuvga chiqadi.
https://youtu.be/a38_qR-S8Yo
Yangi iPad Pro
So‘ng Apple yangilangan iPad Pro planshetini namoyish etdi. Gadjet 10,5 dyuymli ekran bilan jihozlandi, avvalgi versiyaga nisbatan, uning romlari 40 foizga kichraydi.https://youtu.be/UR5ODc5Wbbo
Yangi funksiyalariga kelsak, ularning katta qismi iOS mobil operatsion tizimi yangilanmasi bilan bog‘liq. Xususan, foydalanuvchilar barcha “bulutli” omborlarni bir yerga to‘plovchi yangi Files dasturidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, yangi iPad Pro’da Apple Pencil “aqlli qalami” bilan ishlash osonroq bo‘ladi.
Narxlar bilan quyida tanishish mumkin:
Apple's new iPad Pro will start shipping next week. Pricing starts: $649 for 10.5 inch & $799 for 12.9 inch. #WWDC17 https://t.co/fKr7G3anqF pic.twitter.com/Pfo5hDdX1K
— Recode (@Recode) June 5, 2017
HomePod
Kutilganidek, konferensiyada Apple HomePod deb nomlanuvchi “aqlli” uy kolonkasini taqdim etdi. Muhandislar uni yettita dinamik hamda iPhone’larning so‘nggi avlodiga o‘rnatiluvchi A8 protsessori bilan jihozladi.https://youtu.be/1hw9skL-IXc
Shuningdek, kolonka Siri ovozli yordamchisi va Apple Music musiqiy servisi bilan do‘stlashadi. Qurilma ikki xil rangda chiqariladi:
Apple's new HomePod starts at $349 and will be available starting in December in the U.S. #WWDC17 #wwdc2017 https://t.co/fKr7G3anqF pic.twitter.com/Q6jIBNueyf
— Recode (@Recode) June 5, 2017
macOS High Sierra
Yangi dasturlari taqdimotini Apple macOS’ning yangi versiyasi taqdimoti bilan boshladi. U High Sierra deb nom olib, VR-garnitur, shuningdek, yangilangan Apple File System fayl tizimi bilan farqlanadi. Bundan tashqari, yangi versiyada Safari brauzeri saytlarda video va audio avtomatik tarzda qo‘yilib ketilishini bloklaydi.macOS... High Sierra. Yes really. #WWDC17 pic.twitter.com/hS5ZWOMs8H
— Martyn Landi (@MartynLandi) June 5, 2017
iOS 11
iOS mobil operatsion tizimining yangi versiyasi esa Apple Pay orqali qurilmadan qurilmaga pul o‘tkazishni, “Xaritalar”da savdo markazlari sxemalarini aks ettirishni, shuningdek, tarmoqqa ulanmasdan turib, Siri yordamida javob berishni o‘rgandi. Bundan tashqari, iOS 11 da drag-and-drop funksiyasi paydo bo‘ldi:Craig Federighi demonstrates the Drag and Drop feature on the iPad: "It's a dragfest!" #WWDC2017 https://t.co/FdzYreKeEM pic.twitter.com/MqpXeSToiz
— The Verge (@verge) June 5, 2017
App Store
O‘z konferensiyasi doirasida Apple App Store raqamli do‘konining yangilangan dizaynini ko‘rsatdi. U iOS 11 chiqishi bilan yangicha ko‘rinishda aks etadi.https://youtu.be/HfAzlhqCSkI