10-iyun, shanba kuni Toshkentda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi yangi markaziy eko bog‘ ochiladi, deb yozadi UZ24. U poytaxt markazidagi eski hayvonot bog‘i o‘rnida joylashgan.
Bog‘da yugurish va velosiped yo‘laklari, plyaj voleyboli uchun maydon, badminton maydoni qurilgan, trenajyorlar o‘rnatilgan. Shuningdek, u yerda qahvaxona ochiladi, ko‘l markazidagi orolchada esa to‘y fotosessiyalarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)