Konservatorlar tomonidan Britaniya parlamentidagi o‘rinlarning mutloq ko‘pchiligi boy berilganidan so‘ng muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi koalitsiya hukumatini tuzish istagini bildirmoqda. Bu haqda leyboristlar vakili Jon Makdonnell ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz mamlakatga xizmat qilish va hukumatni shakllantirish uchun partiyamizni ilgari suramiz. Chunki konservatorlar ham, bosh vazir Tereza Mey ham barqaror emas. Meyga nisbatan hurmatsizlik bildirmoqchi emasman, biroq u ‘ketmoni uchmagani’ni tan olishi kerak”, — dedi Makdonnell.
Leyboristlar rahbari Jeremi Korbin bosh vazirni iste’fo haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi, biroq hozircha Tereza Meyni bunday yo‘l tutishni rejalashtirayotgani yo‘q.
Izoh (0)