Janubiy Koreyadagi korrupsiyaviy mojaroning asosiy ishtirokchisi Soy Sun Silning shu haftada qo‘lga olingan qizi Chon Yu Ra sud qaroriga asosan 3-iyun kuni ozod qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
21 yoshli Chon Yu Ra Janubiy Koreya prokuraturasi so‘roviga binoan Daniyadan ekstraditsiya qilingan va 31-may kuni Seulga uchgan samolyot bortida hibsga olingan edi.
Biroq sud prokuraturaning qamoqqa olish bo‘yicha so‘rovi asosli emasligi va zaruratsiz ekani uchun rad etdi va Chon Yu Rani ozod qildi.
Chon Yu Raning o‘zi “ko‘pchilikni tashvishga qo‘ygani” uchun uzr so‘rab, tergov bilan hamkorlik qilishga va’da berdi. Shu bilan birga, u onasining qilmishlari haqida hech narsa bilmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)