AQSh boshliq koalitsiya kuchlarining aviazarbalari oqibatida Suriyaning Raqqa shahrida 43 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Suriyaning “SANA” agentligi tarqatgan axborotga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati — ayollar va bolalardir, yana o‘nlab tinch aholi vakillari turli darajada tan jarohatlari olgan.
Mahalliy OAV axborotiga ko‘ra, koalitsiya kuchlari olti qavalti “Al-Jamila” binosiga zarba bergan.
Izoh (0)