Islom hamjamiyatining muammolari “Saudiya kabi qator musulmon jamoalarida hokimiyatni bunga noloyiq insonlar egallab olgani” bilan bog‘liq. Bu haqda Eron diniy yetakchisi Ali Xomanaiy Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bunday vaziyat Islom e’tiqodi va Qur’on ta’limoti asoslaridan uzoq. Bu insonlar Qur’onni millionlab nusxada chop etadi, ammo ularning tutgan yo‘li va harakatlari muqaddas kitobda bitilganlariga qarshi bo‘lmoqda. Ular kofirlar bilan do‘stlashib, ularga xalq hayotini yaxshilashga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni taqdim etmoqda”, — ta’kidladi Homanaiy.
Oyatulloh AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yaqinda tuzilgan qurol-yarog‘ xarid qilish bo‘yicha 110 milliard dollarga teng kelishuvni nazarda tutdi.
Xomanaiyga ko‘ra, Saudiya Arabistoni tomonidan “Yamanda va Bahraynda o‘tkazilayotgan siyosat islom diniga zid hisoblanadi”.
Izoh (0)