Manchesterdagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan Salmon Obidiyning ukasi Xoshim BMTning Liviyadagi missiyasi rahbariga hujum tayyorlagan. Bu haqda, diplomatik doiralardagi manbalarga tayanib, Telegraph ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Diplomatlarga ko‘ra, Xoshim Obidiy BMT bosh kotibining Liviyadagi maxsus vakili Martin Kobler kortejini 2017-yil boshida, Tripoliga safar davomida portlatishni rejalashtirgan jangarilar guruhida yetakchi rol o‘ynagan.
Huquq-tartibot idoralari kichik Obidiy va uning sheriklarini bir necha oy kuzatgan va teraktning oldini olishga muvaffaq bo‘lingandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Salmon Obidiyning ukasi Manchesterda tayyorlanayotgan terakt haqida bilgani, biroq bu qachon va qayerda sodir bo‘lishidan bexabar bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)