AQShning Alyaska shtatidagi Xeyns okrugida Piper PA-30 yengil motorli samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
KTVA telekanaliga ko‘ra, samolyot parvozdan so‘ng ko‘p o‘tmay qulab tushdi. Jarohatlangan yo‘lovchi kasalxonaga yetkazildi.
AQSh transportda xavfsizlik bo‘yicha milliy kengashi halokat sababini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)