Konnektikut shtatidan sobiq senator Jo Liberman AQSh prezidenti Donald Trampga uni Federal qidiruv byurosi direktori lavozimiga nomzod sifatida ko‘rmaslik haqidagi maktub bilan murojaat etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Liberman buni “manfaatlar to‘qnashuvidan o‘zini chetga olish zarurati” bilan izohladi. U FQB tomonidan Moskvaning AQShdagi prezidentlik sayloviga ehtimoliy aralashuvini tekshiruvida Trampning vakili sifatida ishtirok etadigan Mark Kasovitsning yuridik kompaniyasida katta maslahatchi bo‘lib ishlagandi.
Qayd jtish joizki, Tramp FQB direktorligiga shu vazifani bajarayotgan Endryu Makkeyb, byuroning sobiq xodimi Richard Makfili, Oklaxoma sobiq gubernatori Frenk Kiting, adliya vazirining sobiq yordamchisi Elis Fisher va Nyu-York shtati apellyatsiya sudi a’zosi Maykl Garsia nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)