Manchesterdagi teraktni uyushtirishda gumon qilinayotgan Salmon Obidiy hujumni kamida bir yil davomida rejalashtirgan. Bu haqda The Times manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gazetaga ko‘ra, 22 yoshli Obidiy bankda 12 oy avval hisob raqam ochgan va undan faqat mix hamda vintlar xarid qilgan. Ulardan keyinchalik portlovchi qurilma tayyorlash uchun foydalangan.
Shubha uyg‘otmaslik uchun ikki bor alohida Manchesterdagi do‘konlarga borib, materiallarni sotib oladi. Buni Liviyaga aprel oyi o‘rtalarida jo‘nab ketish arafasida amalga oshiradi.
Izoh (0)