Qohira sudi Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak oilasining ularga tegishli bo‘lgan aktivlarga qo‘yilgan taqiqni olish haqidagi talabini rad etdi. Sudyalar mamlakat adliya vaziri va bosh prokurorining moliyaviy vositalarni blokirovka qilish haqidagi qarorini haqli deb topdi, deya xabar beradi “TASS”.
2017-yil martida Husni Muborak va uning o‘g‘illari Jamol va A’lo nomidan kliring kompaniyalaridan birining oilaga tegishli 62 million funt (salkam 3,4 million dollar) miqdoridagi aksiyalarni qaytarish haqida sudga da’vo taqdim etilgandi.
Muboraklar oilasining moliyaviy tashkilotdagi ulushiga taqiq qo‘yish haqidagi qaror shu yil yanvar oyida Qohira tuman prokuraturasi tomonidan qabul qilingandi.
Izoh (0)