Indoneziyada parom yonib ketishi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, 84 nafar yo‘lovchining taqdiri noma’lum. Bu haqda Maritime Executive nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, kemada jami 178 kishi bo‘lgan. Indoneziya qidiruv-qutqaruv xizmati 91 nafar odam qutqarib olinganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda qolgan 84 nafar yo‘lovchining taqdiri noma’lum.
Yong‘in boshlangan mahali Mutiara paromi Yava orolidan Borneo oroli tomon suzayotgan bo‘lgan. Ekipaj a’zolari olovni o‘chirishga harakat qilgan, biroq bu foyda bermagan. Shunda kema kapitani ekipaj va yo‘lovchilarga qutqaruv nimchalarini taqib paromni tark etish buyrug‘ini bergan.
Hozirda bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)