Oq uy yuristlari, garchi buning ehtimoli yuqori bo‘lmasa-da, prezident Trampning impichmenti masalasida maxfiy maslahatlashuv va muhokamalar o‘tkazmoqda. Bu haqda CNN manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur maslahatlashuvlar impichment jarayoni va uning nozik qirralarini chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.
CNN telekanaliga ko‘ra, maslahatlashuvlar o‘tgan haftadan boshlandi. Oq uy mazkur ma’lumotlarni izohlashdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq The Washington Post nashri Donald Tramp Oq uydagi muzokaralar chog‘ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyakka mutlaqo maxfiy ma’lumotni yetkazganligini taxmin qilgandi.
The New York Times nashri esa Tramp FQB direktori Komini ishdan bo‘shatishdan avval undan o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq yordamchisi Maykl Flinnga nisbatan tekshiruvni to‘xtatishni talab etganini ma’lum qildi.
Bu chiqishlar Trampning prezidentlik vakolatlari muddatidan avval yakunlanishi mumkinligi haqidagi da’volarga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)