Xitoyning Dunguan shahri politsiyachilari ota-onasi 28 daraja jaziramada yopiq mashinada qoldirgan bir yoshli bolakayni qutqardi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Yig‘layotgan bolakayni o‘tkinchi payqab qoldi va politsiyani chaqirdi. Ular chaqaloqning ota-onasi kelishini kutib o‘tirmay, avtomobil oynasini sindirdi.
Ota-ona uxlayotgan bolani mashinada qoldirib, do‘kon aylangani ketgani ma’lum bo‘ldi. Ular yo‘q payt bola uyg‘onib ketgan va yig‘lay boshlagan. Bolakay jaziramada qoldirilgan mashinada 40 daqiqa atrofida qolib ketgan.
Aniq ma’lum bo‘lmasa-da, uning omon qolgani taxmin qilinmoqda. Beg‘am ota-onaga chora ko‘rilgan yoki yo‘qligi ham hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)