Eronning Xuroson viloyati poytaxti Bojnurdda ro‘y bergan zilzila oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi. Yana 220 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda “Press TV” telekanali ma’lum qildi.
5,7 magnitudali yer osti silkinishi 13-may, shanba kuni sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i 11 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Mintaqaga qidiruv-qutqaruv guruhlari, jumladan, Qizil yarim oy xodimlari jo‘natildi. Vayronalar ostidan 19 kishini chiqarib olindi.
Izoh (0)