AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning eng yirik megapolisida qolish qimmatga tushishi tufayli, Nyu-Yorkda to‘xtamasdan, Bedminster (Nyu-Jersi shtati)ga yo‘l olishga qaror qildi. Bu haqda davlat rahbari o‘z Twitter’ida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Men Bedminsterda qolishimning sababi shundaki, Nyu-Yorkda yashash ancha qimmat va ko‘proq noqulayliklarni keltirib chiqaradi”, — dedi Tramp. U, shuningdek, gap, xususan, megapolisda uchrashuvlar o‘tkazish haqida borayotganini aytdi.
Davlat rahbari Nyu-Yorkda Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull bilan uchrashdi. Shundan so‘ng Tramp Nyu-Yorkdan 65 km masofada joylashgan Bedminsterga yo‘l oldi, u yerda prezidentning elita golf-klubi bor. Amerika yetakchisi 1939-yilda ko‘l bo‘yida qurilgan dabdabali hovli-joyda to‘xtadi.
Izoh (0)