AQShning Kaliforniya shtati San-Diyego shahrida politsiyachilar ularga pnevmatik to‘pponcha o‘qtalgan 15 yoshli o‘smir bolani otib tashladi, deb yozadi “TASS”.
Hodisa maktab yaqinidagi avtomobillar turargohida yuz berdi. Ikki politsiyachi u yerga chaqiruv bo‘yicha yetib borgan.
Voqea joyiga kelib, politsiyachilar 15 yoshli o‘spirinni ko‘rgan, u kamaridan to‘pponchani chiqarib, uni tartib posbonlariga o‘qtalgan. So‘ng o‘quvchi politsiyachilarning qurolni yerga tashlash haqidagi talablariga e’tibor bermasdan, to‘g‘ri ularga qarab yo‘nalgan.
Huquq-tartibot organlarining ikki xodimi ham o‘t ochgan. Bola bir nechta joyidan yaralandi, yetib kelgan shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.
Keyinroq o‘spirin qo‘lidagi to‘pponcha pnevmatik bo‘lgani aniqlandi. Hodisa oldidan politsiyachilarni aynan u chaqirgan. Ammo uning niyati nima bo‘lganligi noma’lum.
Izoh (0)