“Boko haram” jangarilari tomonidan Nigeriyaning Chibok shahridagi litseydan o‘g‘irlab ketilgan 82 nafar o‘quvchi qiz mamlakat shimoli-sharqidagi Borno shtatida ozod qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat prezidenti Muhammadu Buxoriy ma’muriyatiga ko‘ra, o‘quvchilar “Boko haram” guruhining bir necha a’zolariga almashtirilgan. Ular yaqin orada poytaxt Abujaga uchib kelishi kutilmoqda.
Jangarilar 2014-yil aprelida Chibok shahridagi litseydan 276 nafar qizni o‘g‘irlab ketgandi. Keyinchalik ulardan 57 nafari qochishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)