Barak va Mishel Obama Chikagoning janubiy qismida ish o‘rinlari yaratish uchun 2 million dollar ajratadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Mishel va men yozgi mavsumda ishga joylashtirish dasturi uchun 2 million dollar xayriya qilamiz. Odamlar mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim”, — ta’kidladi Obama.
Obama to‘rt yildan so‘ng Chikagodagi Jekson bog‘ida prezident kutubxonasi va Obama fondi shtab-kvartirasi bo‘lib xizmat qiladigan maxsus markaz-muzey ochilishini ma’lum qildi.
“Biroq biz to‘rt yil kutolmaymiz, shu sababli Mishel bilan birgalikda hozirdan boshlab yordam berishni boshlashni istaymiz”, — aniqlik kiritdi AQShning sobiq prezidenti.
Izoh (0)