Somalida AQSh maxsus kuchlari jangchisi o‘ldirildi. U 2012-yili “al-Qoida” yetakchisi Usoma bin Ladenni yo‘q qilgan SEAL Team 6 bo‘linmasi tarkibida ishlagan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Aprel oyida AQSh Somaliga ushbu mamlakat armiyasiga mashg‘ulotlar o‘tish va “ash-Shabob” radikal guruhiga qarshi kurashga tayyorlash uchun 40 nafar harbiy jo‘natgan edi. 1993-yildan buyon AQSh qo‘shinlari birinchi marta Somaliga joylashtirilishi.
Shuningdek, 1993-yildan beri birinchi marta amerikalik harbiy Somalida halok bo‘lishi. U — 38 yoshli Kayl Milliken.
Voqeaning tafsilotlari oshkor etilmayapti. U bo‘linma Somali harbiylari bilan birga “ash-Shabob” jangarilariga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazayotganida halok bo‘lgani ma’lum.
Ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilar tomonidan Millikenning egnidan yechib olgani taxmin qilinayotgan AQSh harbiy formasining suratlari chop etildi.
https://twitter.com/Rita_Katz/status/860852024933588992
Izoh (0)