Rossiyaning Irkutsk viloyati Bratsk shahrida Suriyada halok bo‘lgan, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi Bogdan Dereviskiyning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” mahalliy ma’muriyatga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
“Bugun Suriyada halok bo‘lgan bratsklik harbiy xizmatchi — Bogdan bilan vidolashdik. U Pravoberejniy okrugidagi qabristonga harbiy ehtirom bilan dafn qilindi”, — deb xabar berdi ma’muriyat.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bogdan Dereviskiy — Suriyada shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tagan. 24 yoshda bo‘lgan Bogdanning xotini hamda bir nafar farzandi bor. Harbiy qay tarzda halok bo‘lgani hozircha ma’lum qilinmadi.
Rossiya Mudofaa vazirligining 11-apreldagi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyada 30 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan.
Izoh (0)