Amerika armiyasining Military Review jurnali harbiy fotosuratchi Xilda Kleyton o‘z o‘limidan bir lahza oldin olgan portlash suratlarini chop etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Kleyton 2013-yil iyulida Afg‘onistonda halok bo‘lgan. U kameraga olayotgan o‘quv mashqlari chog‘ida kutilmaganda minomyot stvoli portlab ketgan. Natijada besh kishi, shu jumladan, to‘rt nafar afg‘onistonlik askar halok bo‘lgan, ulardan biri ham harbiy fotosuratchi bo‘lgan.
Military Review Kleytonning afg‘onistonlik hamkasbi tomonidan olingan portlash suratini ham e’lon qildi.
Suratlar fojiadan qariyb to‘rt yil o‘tganidan so‘nggina e’lon qilindi. Nashr ta’kidlashicha, “harbiy mashg‘ulotlar va janglar chog‘ida ham ayollar, ham erkaklar duch keladigan xavflarni” ko‘rsatib berish maqsadida suratlarni chop etishga qaror qilishgan.
Izoh (0)