O‘zbekistonlik bo‘lgan ikki shaxs va Tojikistonning bir fuqarosi avtomobillarni talon-taroj qilish bilan bog‘liq 8 ta ish bo‘yicha sud qilinadi, deb xabar beradi “1news.uz”.
Rossiyaning Tula viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ular o‘zaro til biriktirib 2016-yilning 19-sentabridan 9-noyabriga qadar 7 marta avtomobil turar joylaridagi mashinalardan o‘zgalar mulkini o‘g‘irlagan. Ular avtokompressorlar, avtomagnitola, navigatorlar, akkumulyatorlar va turli asbob-anjomlarni o‘g‘irlagan.
Bundan tashqari, ulardan ikki nafari “Avtologistik” MCHJ avtoservisida ham o‘g‘rilikni amalga oshirgan. Umumiy yetkazilgan zarar 155 ming rubldan ortiqroq. Ayblanuvchilar hibsga olingan.
Izoh (0)