Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi Chikagodan uchayotgan samolyot salonidan kuch ishlatib tushirib yuborilgan yo‘lovchi bilan murosaga erishdi. Bu haqda jabrlanuvchining advokati ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
Tovon puli qanchani tashkil etishi ma’lum qilinmadi. Aviakompaniya “3411 reysida sodir bo‘lgan mojaro bo‘yicha barcha mas’uliyatni” o‘z bo‘yniga olganini ta’kidladi.
Kompaniya jabrlangan yo‘lovchi bilan murosaga kelib bo‘lgach, mijozlarga xizmat qilishni yaxshilashga yo‘naltirilgan dastur amalga oshishini intizorlik bilan kutayotganini ma’lum qildi.
9-aprel kuni 69 yoshli shifokor Devid Dao bilan bo‘lib o‘tgan mojaro Chikago aeroportida sodir bo‘lgan edi.
Avvalroq, United Airlines havo kemasida joy yetmay qolgan taqdirda o‘z xohishi bilan parvozdan voz kechgan yo‘lovchilarga 10 ming dollarga qadar to‘lashga va’da qilgan. Aviakompaniya mijozlarga xizmat qilish siyosatiga umumiy miqdorda yangi 10 ta asosiy o‘zgartirish kiritganini e’lon qilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)