Yaponiya havo hujumiga qarshi kuchlari Shimoliy Koreyaning kimyoviy moddali ballistik raketalarini tutib qolish imkoniyatiga ega. Bu haqda mamlakat hukumatining parlament deputatlaridan birining so‘roviga yozma javobida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
“Zarin asab-falaj gazi va boshqa kimyoviy moddalar tutib olish chog‘idagi portlash natijasida yuqori haroratda alangalanadi va havoda tarqab ketadi”, — deyiladi hujjatda.
Hukumat rasmiylariga ko‘ra, mazkur jarayon davomida raketalar o‘zining jangovar xususiyatini yo‘qotadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)