Buyuk Britaniya matbuoti mamlakat flotining HMS Daring esminetsi Ruminiya harbiy-dengiz kuchlari bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Qora dengizga kirganiga alohida e’tibor qaratdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Jumladan, Daily Mail kema Qora dengizga yuborilganini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga javob sifatida baholadi. Shunga bag‘ishlangan maqolaga “Qalay, sizga yoqdimi?” deya saralavha qo‘yilgan.
The Sun London Moskvaga “salomga yarasha alik” qaytarishga qaror qilganini ta’kidladi. Rossiya kemalarining La-Mansh orqali o‘tgani, doimiy ravishda Britaniyaning “jig‘iga tegib kelayotgani”ni eslatdi.
Rossiya harbiy-diplomatik manblariga ko‘ra, Qora dengiz qirg‘oq radiotexnika vositalari va aviatsiyasi HMS Daring harakatlanishini kuzatuv ostiga oladi.
Britaniya va Ruminiyaning Qora dengizdagi qo‘shma mashg‘ulotlari 27-aprelgacha davom etishi bildirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)