20th Century Fox studiyasi Buyuk Britaniya razvedka boshqarmasi haqidagi “Kingsman: Maxfiy xizmat” filmining navbatdagi qismi treylerini e’lon qildi. Film “Kingsman: Oltin uzuk” nomini oldi, deya xabar berdi TJournal.
Filmda Kingsman umumiy dushmanga qarshi kurashish uchun birlashishga majbur bo‘lgan Amerika razvedkasi — Statesman bilan to‘qnashuvi haqida hikoya qilinadi.
Komediyali jangovor filmda bosh rollarni Teron Ejerton, Chenning Tatum, Julianna Brijes, Xolli Berri, Mark Strong va Kolin Fyort ijro etgan. Xalqaro premyera 2017-yil 22-sentabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)