Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Aprel oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Jonim yig‘loqi” dan keyingi o‘rinlarni Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Durdona To‘laganovaning “Yuzsiz”, Rustam Sa’diyevning “Er bermoq, jon bermoq 2”, Rixsivoy Muhammadjonovning “Isnod” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Bebahoginam”, “Vaqt o‘g‘risi” “Seni sevdim”, “Ketaman dedimmi, ketaman”, “Oh, Salima, Salima” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
10-aprel — 16-aprel oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)Rejissor – Otabek Mirzaxolov2-o‘rin. “Hamroh” (triller drama)Rejissor — Akrom Shaxnazarov
3-o‘rin. “Yuzsiz” (drama)Rejissor — Durdona To’laganova
4-o‘rin. “Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama)Rejissor — Rustam Sa’diyev
5-o‘rin. “Isnod” (drama)Rejissor — Rixsivoy Muhammadjonov
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)