“Qartadan qurilgan uy” (“House of Cards”) seriali beshinchi faslini suratga olish jarayonidan ilk rasmiy fotosuratlar paydo bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Yangi faslning premyerasi may oyi oxirida Netflix’da bo‘lib o‘tadi.
Suratlarga qarab, serial bosh qahramonlari — Frenk Andervud (Kevin Speysi) va uning ayoli Kler (Robin Rayt) o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketgan deb taxmin qilish mumkin, deb yozadi NME.
Kevin Speysi serial borasida o‘tgan yili bergan intervyularining birida “Qartadan qurilgan uy” AQSh prezidenti saylovidagi aqlsizliklarni namoyish etishda “juda chuqurlashib ketmasligiga” umid qilishini bildirgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)