Dunyodagi eng keksa odam 117 yoshli Yamayka fuqarosi Vayolet Moss Braun bo‘ldi. Bu haqda Metro nashri xabar berdi.
Braun 1900-yil 10-martda Yamaykaning Treloni qavmida dunyoga kelgan. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li sayyoradagi ota-onasidan biri tirik bo‘lgan eng qari fuqaro hisoblanadi.
Kampir 2010-yilda mahalliy gazetaga intervyu bergan edi. U cho‘chqa va tovuq go‘shti yemasligi, shuningdek, spirtli ichimlik ichmasligini aytgandi. “Bilasizmi, ba’zan o‘z-o‘zimdan: nahotki, haqiqatan ham 110 yoshda bo‘lsam? deb so‘rayman. Chunki o‘zimni 110 yoshli deb his qilmayman”, — degandi u.
Avvalroq Italiyada dunyodagi eng keksa ayol Emma Morano 117 yoshida vafot etgan edi.
Izoh (0)