AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Seulga uyushtirgan ikki kunlik safari chog‘ida Koreya Respublikasi prezidentligiga nomzodlar Mun Chje In Xe va An Chxol Su bilan uchrashishdan bosh tortdi, deb yozadi “TASS”.
The Washington Post Oq uydagi manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, ikkala nomzod ham uchrashish haqida so‘ragan, ammo Pens rad javobi bergan. Nashr manbalari aytishicha, AQSh “Janubiy Koreya xalqi prezident sifatida saylaydigan kishi bilan” ishlaydi, Amerika vitse-prezidenti esa ushbu lavozimga da’vogarlardan hech birini qo‘llab-quvvatlamoqchi emas.
Shu bilan birga, THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish dasturiga saylovlarda kim g‘olib chiqishiga qarab o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izoh (0)