AQSh prezidenti Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali olib borilgan muzokaralarda Idlib provinsiyasidagi kimyoviy qurol bilan bog‘liq hodisadan so‘ng Suriya yetakchisi Bashar Asadni javobgarlikka tortish zarurligi haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.
Suhbat chog‘ida Tramp Erdo‘g‘onga AQShning kimyoviy qurol qo‘llanilishiga javob sifatidagi xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, siyosatchilar IShID guruhiga qarshi kurashish va “o‘z maqsadlariga erishishda terrorizmdan foydalanadigan barcha guruhlar”ga qarshi hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)