Rossiya Markaziy harbiy okrugining Tojikistonga joylashtirilgan 201-harbiy bazasida jangovar shaylikni kompleks tekshirish yakunlandi, deb yozadi “TASS”.
Nazorat mashg‘ulotlari Lyaur va Momirak poligonlarida bir hafta davomida olib borildi. Bo‘linmalar jangovar shaylikning oliy darajalariga keltirish, belgilangan tumanlarda marshlarni amalga oshirish, boshqaruv tizimining harakatchan qismlarini qayta joylashtirish, shuningdek, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni mashq qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)