13-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Ero 14-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida Vazirlar Mahkamasida, TIVda va boshqa darajalarda uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
2. O‘zbekistonlik 29 yoshli tadbirkor Dilmurod Asqarov Forbes ro‘yxatiga kiritildi. Asqarov AQShda faoliyat olib boradi.
3. GM Uzbekistan dilerlik korxonalari tomonidan iste’molchilar huquqini cheklash holatlariga barham beradi. “Bu boradagi mavjud muammolardan biri, plastik karta orqali to‘lovni amalga oshirish masalasining shaffof ko‘rsatilmaganligidir”.
4. Orol dengizining qurigan tubida “Germaniya” va “Yaponiya” nomli kemalar paydo bo‘ladi. Bularning bari Mo‘ynoqning turistik salohiyatini oshirish uchun!
5. Toshkentda katta miqdordagi xorijiy valyutani o‘zlashtirgan bank xodimlari jazoga tortildi. Ular 481 ming dollarni o‘zlashtirganlikda ayblangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)