Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik qizlar va ularning xizmatidan foydalangan chet el fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda 13-aprel, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Xabar berishlaricha, “Oriyat” tadbiri davomida Yashnobod tumani Ohanrabo ko‘chasida aniqlangan fohishaxonada 3 nafar fohisha va 7 nafar hindistonlik qo‘lga olingan.
Qayd etishlaricha, mazkur holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlar olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)