Norin tuman IIBga bir ayol murojaat qilib, Haqqulobod shaharchasida noma’lum kimsa tilla uzugi va uyali telefonini tortib olganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi va jinoyat fosh etildi.
Mazkur talonchilikni Andijon viloyati, Izboskan tumani, Lug‘umbek qishlog‘ida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlandi.
Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)