Toshkent shahri chorrahalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 7—13-aprel kunlari oralig‘ida 8 559 ta qoidabuzarlik aniqlandi.
Toshkent shahar IIBBdan ma’lum qilishlaricha, mazkur qoidabuzarliklarning 4 217 tasini svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 4 342 tasini esa tezlikni belgilangan me’yordan oshirish holatlari tashkil etadi.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan hafta davomida 7 969 ta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, mazkur holatlar bo‘yicha tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bundan avvalgi haftada Toshkentning kamerasi bor chorrahalarida 6,3 mingta qoidabuzarlik qayd etilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)