3-aprel kuni portlash yuz bergan Sankt-Peterburg metrosidan yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish jarayoni yakuniga yetdi. Bu haqda, Meduza’ning yozishicha, Milliy aksilterror qo‘mitasi (MAQ) ma’lum qilgan.
“Evakuatsiya jarayoni amalda yakuniga yetdi, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatilmoqda”, — dedi MAQ vakili Aleksandr Prjezdomskiy.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash metroning “ko‘k” yo‘nalishdagi “Sennaya ploshchad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari oralig‘ida yuz bergan. Shahar ma’muriyati axborotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi jarohatlangan.
Portlashdan so‘ng Sankt-Peterburg metrosining barcha bekatlari yopildi.
Mavzuga doir: Putin terakt ehtimolini Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan portlashning asosiy versiyasi deya atadi
Izoh (0)