Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev davlat rahbarligini topshirganidan so‘ng mamlakatni kim boshqarishini bilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bu lavozimni egallashni istaganlar ko‘p. Men adolatli saylovlarni tashkil etaman va barchaga omad tilayman”, — deya ta’kidladi Almazbek Atambayev.
Atambayev uni kelgusida himoya qiladigan voris tanlashi lozimligini da’vo qilayotgan mamlakatdagi ayrim OAVlar nuqtai nazarini xato hisoblashini bildirdi.
“Qirg‘izistonning har bir fuqarosi mening vorisim, chunki o‘zim ham fuqaroman. Barchamiz xalqimiz tanlagan yo‘lning izdoshimiz. Aynan xalq keyingi prezidentni tanlaydi”, — deya xulosa qildi Qirg‘iziston prezidenti.
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari shu yil 19-noyabrda bo‘lib o‘tadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)