Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 4-tur bellashuvlari Qarshi va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ikki uchrashuv bilan start oldi.
Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda Dragan Cheran dubl qayd etdi.
“Nasaf” o‘tkazgan uch o‘yinining barchasida zafar quchib, yuz foizlik natija qayd etib turibdi. To‘plar nisbatiga ko‘ra u Samarqandning “Dinamo” klubidan o‘zib ketdi.
Toshkentning “Bunyodkor” klubi esa ketma-ket ikkinchi turda ochko yo‘qotdi. Avvalgi tur “Olmaliq” maydonida durang o‘ynagan Sergey Lushchan jamoasi, bu safar “Obod”ni mag‘lub eta olmadi, balki mag‘lubiyatdan arang qutulib qoldi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 4-tur bellashuvlari 30-mart, payshanba
Izoh (0)