Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Chili terma jamoasiga qarshi o‘yinda hakamlarni haqorat qilgani uchun FIFA tomonidan to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Xalqaro futbol federatsiyasi o‘zining ushbu qarorini Argentina terma jamoasining Boliviyaga qarshi JCh—2018 saralash uchrashuviga bir necha soat qolganida e’lon qildi.
Messi, diskvalifikatsiyadan tashqari, 9 ming yevro miqdorida jarimaga ham tortilgan.
Argentina — Chili uchrashuvi uchrashuvi 24-mart kuni bo‘lib o‘tgan edi. Argentina o‘yinda kichik hisobda, Messining yagona goli evaziga g‘alaba qozongan.
O‘yin davomida Messi unga sariq kartochka ko‘rsatilganidan norozi bo‘lib, hakamlarga baqirgan. Ayni vaqtda, hakamlarning o‘zi futbolchi haqorat qilgani haqidagi xabarlarni rad etgan edi.
Diskvalifikatsiya sabab Argentina terma jamoasi sardori Boliviya, Urugvay, Venesuela va Peruga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. U faqat Ekvadorga qarshi beshinchi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)