Amerikaning Las-Vegas shahrida otishma uyushtirishda gumon qilinayotgan va avtobusga bekinib olgan shaxs tinch yo‘l bilan politsiyaga taslim bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
O‘qotar huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, operatsiyada muzokarachilar, robotlar, shuningdek, zirhli avtomobillar qatnashdi.
Ta’kidlanishicha, terakt versiyasi politsiya tomonidan rad etildi, hodisa yuz bergan Las-Vegas-Strip xiyoboni hudud xavfsizligini tekshirish maqsadida yopib qo‘yiladi.
Nashr eslatishicha, Las-Vegasda otishma chog‘ida bir kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi yaralandi. Gumonlanuvchi avtobusda barrikada qurib oldi, uni esa keyinroq politsiyachilar o‘rab oldi.
Izoh (0)