AQSh mudofaa vazirligi mamlakat harbiy-havo kuchlari bergan havo zarbalari oqibatida Mosulning 200 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotni tekshirmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
The New York Times gazetasining bildirishicha, fojia haqida Pentagon vakillariga mahalliy aholi ma’lum qilgan.
Tekshiruv boshlanganini Mosuldagi operatsiyaga rahbarlik qilayotgan xalqaro koalitsiya qo‘mondonligi tasdiqladi.
Koalitsiya vakili polkovnik Jozef Skrokkiga ko‘ra, ayni paytda 17—23-mart kunlari berilgan aviazarbalar o‘rganilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)