Tunis hukumati London samolyotlarda yirik hajmli elektronika, jumladan, planshetlar olib ketishni man etganiga norozilik bildirib, Britaniyaning mamlakatdagi elchisini chaqirtirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Biz bu qarordan hayratga tushdik. Chunki u Tunis rasmiylari bilan maslahatlashuvsiz qabul qilingan va bu haqda oldindan ogohlantirilmagan.Buyuk Britaniya AQShdan so‘ng uzunligi 16, eni va qalinligi esa tegishli ravishda 9,3 hamda 1,5 santimetrdan oshiq bo‘lgan istalgan elektron qurilmani bortda olib o‘tishga taqiq joriy etdi. Texnika bagajga topshirilishi lozim.Tunis TIV bayonoti
Cheklov 6 mamlakat — Turkiya, Livan, Iordaniya, Misr, Tunis va Saudiya Arabistonidan keladigan reyslarga tegishli. Britaniya rasmiylari mazkur choralarni yo‘lovchilar xavfsizligi borasidagi qayg‘urish bilan izohladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)