Bangladesh shimoli-sharqida 26-mart, yakshanba kuni xudkush terrorchi armiya nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.
Hodisa Hindiston bilan chegaradagi Silxet viloyati aeroporti hududida ro‘y berdi. Qurbonlarning ikki nafari huquq-tartibot idoralari xodimlari ekanligi bildirilmoqda.
Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)