Iroq xavfsizlik kuchlari tinch aholi orasida qurbonlar soni keskin ortgani sabab, Mosulning g‘arbiy qismiga yurishni to‘xtatishga qaror qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
“Eski shahar hududidagi tinch aholi orasida qurbonlar sonining ortib ketishi rejalarni qayta ko‘rib chiqish maqsadida operatsiyani to‘xtatib turishimizga majbur qildi”, — deya federal politsiya matbuot kotibi so‘zlaridan iqtibos keltirdi Reuters.
Agentlik bilan suhbatlashgan mas’ulning ta’kidlashicha, rahbariyat tinch aholi orasida yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymay, “jarrohlik darajasidagi aniqlik” bilan terrorchilarga hujum qilish maqsadida “yangi reja va taktikani chamalab ko‘rmoqchi”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)