KXDR yangi yadro sinovini o‘tkazishga to‘liq tayyor. Bu haqda Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Shimoliy Koreya yer ostida yadro qurolini portlatishga tayyorgarlikni yakunladi. U Kim Chen Indan tegishli buyruq kelib tushgach, bir necha soat ichida amalga oshirilishi mumkin”, — dedi ofitser.
Uning ta’kidlashicha, Janubiy Koreya harbiylari amerikalik hamkasblari bilan hamkorlikda Tochxan-ridagi poligonda bo‘layotgan “vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda”. Mudofaa vazirligi vakili fikricha, atom sinovi joriy oy oxirigacha o‘tkaziladi.
Izoh (0)