Xitoy hukumati 2017-yil boshidan beri mamlakat bo‘ylab 500 dan ortiq harbiy qism va boshqa harbiy obyektlarda korrupsiyaga qarshi favqulodda tekshiruvlarni o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Xitoy Kommunistik partiyasining intizom tekshiruvi bo‘yicha Markaziy komissiyasiga asosiy tekshiruv organi vazifalari yuklatilgani aytilmoqda.
Komissiya vakilining ma’lum qilishicha, tekshiruvlar davomida noqonuniy pul to‘lovlari, davlat mablag‘lari va xizmat transportlaridan bemaqsad foydalanish kabi jiddiy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha, 19 harbiy xizmatchi va harbiy bo‘lmagan amaldorlar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)