23-mart, payshanba kuni minalangan avtomobil Xoms viloyati Al-Mashraf aholi punkti yaqinidagi Suriya armiyasining blokposti oldida portlagan, deb mamlakat televideniyesiga tayanib “RIA Novosti” xabar beradi.
Mojaro Salyamiya — Xoms avtomobil yo‘lidagi tekshiruv punktida ro‘y bergan. Avtomobillardan birini tekshirish paytida ichida terrorist hamda uning sherigi portlovchi qurilmani harakatga keltirib yuborgan.
Telekanalning ta’kidlashicha, tekshiruv punkti boshlig‘i hamda harbiy xizmatchilar qurbon bo‘lgan. Shuningdek, ko‘plab jarohat olganlar bor. Qurbonlar va jarohat olganlarning aniq soni hozircha e’lon qilinmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)